Uch tomonlama deklaratsiya: U mehnatkashlarga nima beradi?
Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) hamkorligidagi umummehnat e’tirofiga bag‘ishlangan «Transmilliy korporatsiyalarga va ijtimoiy siyosatga taalluqli prinsiplar to‘g‘risida”gi uch tomonlama deklaratsiyasi: kasaba uyushmalari uchun amaliy harakatlar vositasi» mavzusidagi xalqaro seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.
Tadbirda, yurtimizda mo‘’tadil mehnat muhiti yaratish, mehnat munosabatlariga daxldor muhim yo‘nalishlarni belgilab olishda davlat tashabbuskor bo‘layotganligi e’tirof etildi.
O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Turkmaniston kasaba uyushmalari vakillari qatnashgan xalqaro seminarda XMTning Mehnatkashlar faoliyati bo‘yicha Byurosi (AKTRAV) direktori o‘rinbosari A.Biondi Xalqaro mehnat tashkilotining uch tomonlama deklaratsiyasining mazmun-mohiyati va uni amalga oshirish mexanizmi taqdimotini o‘tkazdi.
Xo‘sh, XMTning mazkur deklaratsiyasi ishchilarga nima beradi? Asosiy konvensiyalarni korxonalarga qo‘llash amaliyoti qay darajada amalga oshirilyapti? Shuningdek, taqdimotda sohaviy tavsiyalar, huquqiy o‘rganish va chora ko‘rish imkoniyatlari, xalqaro global bitim va boshqa bir qator konstruktiv omillar haqida seminar ishtirokchilarga tushuncha berildi.
Dilmurod TO‘XTAYEV.