Uchuvchisiz samolyot yordamida Iroq bosh vaziriga suiqasd qilindi
Raketa Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kazimiy qarorgohiga kelib tushdi, u jabrlanmadi, deya xabar beradi Francye-presse agentligi xavfsizlik tuzilmalari manbalariga tayanib.
INA agentligining Iroq xavfsizlik a’zosiga tayanib xabar berishicha, bosh vazirga uchuvchisiz samolyot yordamida “muvaffaqiyatsiz suiqasd” uyushtirilgan. Hujumda bosh vazirning uch nafar qo‘riqchisi yaralangan
"Xavfsizlik kuchlari zarur choralarni ko‘rdi", deyiladi Iroq xavfsizlik agentliklari matbuot xizmati bayonotida.
AQSh elchixonasi va boshqa diplomatik vakolatxonalar joylashgan «Yashil hudud»da hujum paytida "katta otishma bo‘lgan". Al Arbiyaning Iroq xavfsizlik xizmatlari manbasiga ko‘ra, bosh vazir qarorgohiga o‘q uzgani aytilayotgan uchuvchisiz samolyot ushlab qolingan.
Iroqdagi vaziyat 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan nufuzli shia siyosatchisi Muqtada as-Sadrning bloki g‘alaba qozongan navbatdan tashqari parlament saylovlaridan keyin keskinlashdi.
Hodi al-Amiriy (shia qo‘shinining eng yirik “Badr” otryadi rahbari) boshchiligidagi “Al-Fath” koalitsiyasi bor-yo‘g‘i 21 o‘ringa ega bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yilgi saylovlarda parlamentda 45 o‘ringa ega bo‘lgan edi. Koalitsiya ovoz berish natijalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qilib apellyasiya berdi. Uning yuzlab tarafdorlari Iroq poytaxtining davlat muassasalari va xorijiy diplomatik missiyalar joylashgan “Yashil hudud” atrofida norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda. Oliy saylov komissiyasi saylovning yakuniy natijalarini hali e’lon qilgani yo‘q.