Ukraina Yevropa Ittifoqiga qabul qilinadi, lekin protsedura tezlashtirilmaydi

Fransiyaning Versal shahrida kecha bo‘lib o‘tgan YeIning norasmiy sammiti ishtirokchilari Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishini rasmiy Kiyev talab qilgan tezlashtirilgan tartib ostida bo‘lmasa-da, qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ukraina prezident Vladimir Zelenskiy Yevropa Ittifoqiga kirish haqidagi arizani fevral oyi oxirida imzolagan edi. Uni ko‘rib chiqish Rossiya armiyasining Ukrainaga bostirib kirishidan keyin davom etayotgan harbiy harakatlarning uchinchi haftasi fonida bo‘lib o‘tmoqda.

Yevropa Ittifoqi ukrainaliklarning qarshiligini qo‘llab-quvvatlashda misli ko‘rilmagan birlik namoyish etdi: u milliondan ortiq qochqinni qabul qildi, Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi va shu yil oxirigacha Moskvadan energiya qaramligini kamaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

1 mart kuni Yevroparlament Ukrainaga a’zolikka nomzod davlat maqomini berish to‘g‘risidagi rezolyusiyani qo‘llab-quvvatladi. Versal yig‘ini ishtirokchilari Ukrainaning Yevropaga yo‘li muqobil degan fikrga kelishdi. Qo‘shilish muddati masalasi ochiqligicha qolmoqda.