Ukraina jurnalistlarga tahdid qilganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni kuchaytirdi

Ukraina Oliy Radasi jurnalistlarga nisbatan sodir etilgan jinoyat uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun qabul qildi. Tegishli qonun loyihasini seshanba kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda 341 nafar deputat qo‘llab-quvvatladi.

Kodeksning yangilangan qoidalari jurnalistni, uning yaqin qarindoshlari yoki oila a’zolariga o‘ldirish tahdidi, zo‘ravonlik, mol-mulkini talon-toroj qilish yoki zarar yetkazish 7-14 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish shaklida jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Jurnalistni huquqiy kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rtacha yoki og‘ir tan jarohati yetkazish, buni bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh tomonidan takror yoki oldindan kelishilgan holda sodir etilganligi uchun jazo tayinlanadi.

Jinoyat kodeksining jurnalistlar qonuniy kasbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish to‘g‘risidagi moddasidagi sanksiyalar ham kuchaytirildi. Unga binoan jurnalist tomonidan to‘plangan, qayta ishlangan, tayyorlangan materiallar va kasbiy faoliyatida foydalanadigan texnik vositalarni noqonuniy olib qo‘yilishi ma’lum miqdorda jarima yoki 6 oydan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etishga asos bo‘ladi.

Jurnalistning ma’lumot olish huquqini noqonuniy rad etish, mavzularni yoritishni noqonuniy taqiqlash, alohida shaxsni namoyish qilish, hukumat sub’yekti vakolatlarini tanqid qilishiga, shuningdek, huquqiy kasbiy faoliyatiga doir har qanday qasddan to‘sqinlik qilishda jazo choralari kuchaytirildi. Bunday harakatlarni mansabdor shaxs o‘z lavozimidan foydalangan holda yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etgan taqdirda ma’lum miqdorda jarima yoki lavozimidan chetlashtirgan holda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilandi.