Ukrainada issiqlik elektr stansiyasi quvvatlarining 90 foizi to‘xtadi

Ukraina davlat issiqlik elektr stansiyalarida 23 ta energoblokdan atigi 3 tasi ishlamoqda. Ularning bir qismi ko‘mir yetishmasligi sababli to‘xtatilgan, deya xabar beradi «UNIAN» agentligi.

"Ko‘mir taqchilligi tufayli rekord darajadagi 14 ta energoblok ishlamayapti. Yana 6 tasi ta’mirlash bosqichida. Davlatga qarashli 23 ta issiqlik elektr stansiyasidan bor-yo‘g‘ 10 foizini tashkil etuvchi 3 tasi ishlamoqda», deb yozadi gazeta «Ukrenergo»ga tayanib.

Kuzda Ukrainada elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan energiya resurslari tanqisligi yuzaga keldi. Mutaxassislar buni jahon bozorida gaz narxining oshishi, shuningdek, mamlakatdagi ko‘mir zaxiralarining tugashi bilan bog‘lashmoqda.

Oliy Radaning energetika va uy-joy kommunal xo‘jaligi qo‘mitasi rahbari Andrey Gerus avvalroq Rossiya 1 noyabrdan e’tiboran Ukraina issiqlik elektr stansiyalariga ko‘mir yetkazib berishni to‘xtatganini ma’lum qilgandi. Ushbu ma’lumotni Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi tasdiqladi. Departamentning tushuntirishicha, bunday qaror Rossiyaning o‘zida ushbu turdagi yoqilg‘iga talab ortib borayotgani bilan bog‘liq.