Ukrainaliklarning salkam 70 foizi Zelenskiyning ikkinchi muddatga saylanishiga qarshi

Qizig‘i, o‘tgan yilgi tadqiqotda 37 foiz fuqarolar Zelenskiyning faoliyatiga «yaxshi» yoki «juda yaxshi» deb, 34 foiz respondentlar esa«yomon emas» va «yaxshi emas» deb baho bergan edi. Har ikki safar ham so‘rovnoma Ukrainadagi Razumkov markazi tomonidan tashkil etilgan.

Bu yilgi so‘rov natijalariga ko‘ra, fuqarolarning atigi 3 foizi prezident Vladimir Zelenskiy vakolat muddati tugagunga qadar saylovoldi va’dalarining barchasini bajarishiga, 15 foizi saylovoldi va’dalarining aksariyat qismini, 24,5 foizi juda kamini bajarishiga ishonsa, 29 foizi "bitta ham va’dasini bajarmaydi ", demoqda.

Bundan tashqari, respondentlarning 18 foizi Zelenskiy ikkinchi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishi kerak, 67,5 foizi esa bunday qilmasligi kerak, deb hisoblaydi.