Ukrainaning Xarkov viloyatida motam kuni e’lon qilindi

Xarkov viloyatida juma kunidan shanbaga o‘tar kechasi “An-26” harbiy transport samolyotining falokatga uchragani tufayli 26 sentyabr motam kuni, deb e’lon qilindi. Bu haqda voqea joyiga yetib borgan mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy qaror qabul qildi.
“2020 yil 25 sentyabr kuni Xarkov viloyati Chuguyev shahri yaqinida rejalashtirilgan o‘quv parvozlari vaqtida “An-26” harbiy samolyotining halokatga uchrashi oqibatida sodir bo‘lgan va Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari harbiy xizmatchilarining o‘limiga sabab bo‘lgan fojia munosabati bilan qurbonlar xotirasini yod etish uchun qaror qabul qildim. Ukrainada 2020 yil 26 sentyabr motam kuni”, deyilgan hujjatda.
Farmonga binoan, motam kuni butun Ukraina bo‘ylab davlat hokimiyati va mahalliy hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar binolaridagi davlat bayroqlari tushirilishi kerak. Barcha ko‘ngilochar konsert dasturlari bekor qilinadi, tele va radio dasturlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Shuningdek, davlat rahbari halokat sabablariga zudlik bilan aniqlik kiritilishi va ob’yektiv tergov harakatlari olib borilishi zarur ekanligini alohida ta’kidladi.