Umumta’lim maktablarining reytingi e’lon qilindi
2019/2020 o‘quv yilida ham Ta’lim inspeksiyasi tomonidan umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash doirasida nazorat ishlari va so‘rovnomalar o‘tkazildi. Xalqaro tajribalardan foydalangan holda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga asosan yurtimiz tuman va shaharlaridagi maktablarda ta’lim sifati tahlil qilinib, ularning reytingi aniqlandi.
Hududlar reytingida eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari egallagan bo‘lsa, quyi o‘rinlarda Sirdaryo, Toshkent viloyati va Surxondaryo viloyatlari qayd etildi.
Umumiy reytingda:
eng yuqori Top-20 talikda Andijondan 6 ta, Farg‘onadan 4 ta, Xorazmdan 2 ta, Qoraqalpog‘istondan 2 ta, Namangandan 2 ta, Buxorodan 1 ta, Samarqanddan 1 ta, Qashqadaryodan 1 ta, Surxondaryodan 1 ta maktablar kirdi;
eng oxirgi Top-20 talikda Qashqadaryodan 5 ta, Surxondaryodan 4 ta, Samarqanddan 3 ta, Toshkent viloyatidan 2 ta, Sirdaryodan 2 ta, Toshkent shahridan 1 ta, Andijondan 1 ta, Qoraqalpog‘istondan 1 ta, Buxorodan 1 ta maktablar kirdi.