URAAAA! MASHINA OLAMAN!

Pedagoglarga imtiyozli avtokreditlar ajratilishi haqidagi xabarni eshitib, do‘ppimni osmonga otdim, deb yozmoqda “Jomboy tongi”

Kreditlar 2 xil usulda ajratilar ekan:

1. Imtiyozli avtokredit shartlariga muvofiq, o‘qituvchilar avtomobil narxining 50 foizi miqdorida to‘lov qilib, yillik 5 foiz stavkadagi kreditni olishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, avtokredit 2 yilga beriladi. Shuningdek, o‘qituvchilarga ayrim mashinalarni avtokredit orqali sotib olishda chegirmalar taqdim etiladi. Masalan, «Tracker»ga 11,6 foiz (chegirma bilan 190 million so‘m bo‘ladi) narxidan o‘tib beriladi. Qolaversa, «Malibu»ga 7,4 foizda chegirma berish nazarda tutilmoqda.

2. Avtokredit loyihasiga ko‘ra, mashina narxining 25 foizini to‘lab, yillik 16 foizli avtokreditni 3 yilga rasmiylashtirish mumkin.

«Damas», «Spark» yo «Nexia 3» taklif etilayotgan loyihada mashinalar soni chegaralangan.

Men 1 xil kredit rasmiylashtirsam, nima bo‘ladi?

“Tracker” uchun 95 mln. oldindan to‘layman va qolgan 105 mln.ni 2 yil mobaynida to‘layman. 105 mln.ni 24 oyga bo‘laman:

105 : 24 = 4 mln. 375 ming!

Ajoyib!

“Spark” uchun esa 18 mln. oldindan to‘layman, qolgan 84 mln.ni 3 yil mobaynida to‘layman.

84 mln.ni 36 oyga bo‘laman:

84 : 36 = 2 mln. 350 ming.

Nakonets, kaminaning talabi bajarildi. Ana endi xohlasam “Tracker”, xohlasam “Spark” olaman.

Lekin...

P.S. Velosipedim ko‘zimga borgan sari chiroyli ko‘rinib ketyapti...

Qishloqlik O‘QITUVChI.