“Urgut sadosi” tugatiladimi?
- 17.07.2020 14:20
- 515
- Mutolaa
Urgut tumani hokimligi va xalq deputatlari tuman Kengashining nashri bo‘lgan “Urgut sadosi” gazetasi o‘z vaqtida nafaqat Samarqand viloyati, balki respublikamizda ham o‘z o‘rni, ovoziga ega nashr edi.
Afsuski, keyingi paytda gazetaning “sadosi” sezilmayapti. Gazeta muharririning ketma-ket almashtirilishi, tahririyatdagi iqtisodiy muammolar ijodiy muhitga ham salbiy ta’sir etgani tabiiy. Xodimlarning aytishicha, nashrning oxirgi soni joriy yil may oyining boshida chiqqan.
Eng yomoni, xodimlarga mart oyidan buyon maosh berilmagan.
“Bizning dardimizni kim eshitadi?”, “Bizning holimizni so‘raydiganlar bormi?”, deya kuyinib murojaat qilmoqda tahririyat xodimlari.
Yarim million aholi yashaydigan tumanda gazeta o‘qiydigan odam qolmadimi yoki gazetaga e’tibor beradigan rahbarlarmi?
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa