Urgutda 1 kilogramga yaqin "opiy"ni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
- 04.11.2020 13:45
- 465
- Jinoyat va jazo
2 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB JQB, viloyat DXX va Toyloq tumani IIB xodimlari hamkorligida Urgut tumani Ishchan MFYda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Urgut tumani Ishchan MFYda yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan S., ushbu tumanning Jarqishloq MFYda yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan Sh. va 1998 yilda tug‘ilgan J.lar G. va Z. ismli shaxslarga umumiy og‘irligi 857,82 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik moddasini 13.400 AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa