Urgutda 823 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan bo‘ldi
- 20.02.2020 15:27
- 196
- Samarqand

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ularning yashash sharoitlarini yaxshilashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bu borada viloyatimiz tumanlarida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Urgut tumanidagi Algar mahallasida davlat dasturi asosida ana shunday xayrli ishlarga qo‘l urildi.
Samarqand viloyati “Suvoqava” DUKning tuman bo‘limi tomonidan ayni paytda Algar mahallasining Ravot qishlog‘iga 4,2 kilometrlik ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda. Mazkur ishlar natijasida hududdagi 823 nafar aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK matbuot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Misr tamadduni qachon boshlangan?
- Kecha, 17:53
- O'qing, qiziq!