Urgutda 830 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Ayni kunlarda “Samarqand suv ta’minoti” MChJning Urgut tumani  bo‘limi xodimlari tomonidan tuman hokimligining mahalliy mablag‘lari hisobidan Beshkapa mahallasidagi 135 ta xonadonda yashovchi 830 ga yaqin aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayonga 110 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, 1200 metrlik ichimlik suvi tarmog‘i tortish hamda yangi artezian qudug‘i kovlanishi rejalashtirilgan. Tarmoq tortiladigan yo‘lni kovlash, suv inshooti binosini himoya devori bilan o‘rash ishlari mahalla fuqarolari yordamida, hashar yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu ezgu ishlar joriy yilning 30 apreliga qadar tugatilib, qishloq aholisi doimiy ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

“Samarqand suv ta’minoti” MChJ matbuot xizmati.