Urgutda fuqaroning uyidan "geroin" va “opiy” topildi
Olingan tezkor ma’lumotga asosan, 2020 yil 22 avgust kuni Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan Urgut tumani Mirzabog‘lon-Chep MFYda yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan X.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jaliklari ko‘zdan kechirildi. Ushbu fuqaroning yashash uyi oshxonasida joylashgan gaz plitasining tagidan bir dona rangsiz sellofan bo‘lagiga o‘ralgan holdagi, oq-sarg‘ish rangli, o‘tkir hidli «geroin» giyohvandlik moddasi, uyning omborxonasi devori teshigidan bir dona rangsiz sellofan bo‘lagida o‘ralgan, jigarrang, o‘tkir hidli «opiy» giyohvandlik moddasi, bir dona sim bo‘lagi hamda qog‘ozdan ishlangan «trubka» borligi aniqlanib, ushbu moddalar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilib olingan.
Holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.