Urgutda geroin giyohvandlik moddasining savdosiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi tog‘li va chegaradosh hududlardagi tezkor bo‘linmalari xodimlari tomonidan Urgut tumani "Torinjak" mahallasida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan, G.M. ko‘p miqdorda geroin giyohvandlik moddasini sotish va yashash manzilida saqlab kelayotganligi to‘g‘risida tezkor ma’lumot olingan.

Ushbu jinoiy faoliyatni fosh etish maqsadida 18 yanvar kuni Urgut tumanining “Algar” mahallasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro G.M., J. ismli shaxsga ikki dona qog‘oz bo‘lagiga qadoqlangan geroin giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ushlangan. Uning "Damas" mashinasi ko‘zdan kechirilganda, avtomashina salon qismida 2 dona gugurt qutilariga solingan, 7 dona qog‘oz bo‘lagiga va 1 dona selofan paket bo‘lagiga qadoqlangan sof vazni 0,96 gramm miqdoridagi geroin moddasi borligi aniqlangan.

Viloyat IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.