Urgutda giyohvandlik o‘simliklarini o‘stirgan shaxs ushlandi

2020 yil 19 iyul kuni Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida tumanning Bunyodkor mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan X.L.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, hovlisidagi yong‘oq daraxti yonida 3 (uch) tup va uzum tok oralig‘iga 12 (o‘n ikki) tup o‘tkir hidli «kannabis» giyohvandlik o‘simliklarini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan. Ushbu o‘simliklar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro X.L.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.