Urgutda qariyb 36 million so‘mlik aliment qarzi undirildi
- 16.10.2020 13:50
- 104
- Jamiyat
Aslida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toyloq tumanlararo sudining qarori bilan fuqaro Sardor Mardonovdan bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan. Holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Urgut tumani bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Biroq fuqaro S.Mardonov anchadan buyon aliment to‘lovlarini to‘lamasdan kelayotgan edi.
Olib borilgan suhbat va tushuntirish ishlaridan so‘ng o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan S.Mardonov farzandi ta’minoti uchun 35 million 868 ming so‘m mablag‘ni to‘ladi.
Majburiy ijro byurosi Urgut tumani bo‘limi.
Teglar:
aliment puli
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 34 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand