Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutdagi maktabda direktor o‘rinbosari 11-sinf o‘quvchilarining sochini majburlab olgan va ularga jarohat yetkazgan

Upl.uz tahririyatiga Samarqand viloyati Urgut tumanidagi 47-umumta’lim maktabi direktori o‘rinbosari Shuhrat Ochilovdan jabr ko‘rganlarning surati kelib tushdi.

Ma’lum bo‘lishicha, direktor o‘rinbosari o‘quvchilar bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan. 11-sinf o‘quvchilarining sochini qaychi bilan majburlab olib tashlagan. Uning qo‘polligi oqibatida o‘quvchilar jarohatlangan.

Jabrlanuvchilarga ko‘ra, maktab rahbariyati va Urgut tumani xalq ta’limi bo‘limi rahbari G‘ayrat Abdiyev ishni bosti-bosti qilmoqchi bo‘lgan.

Upl.uz muxbiri voqea yuzasidan rasmiy izoh olish uchun G‘.Abdiyev bilan bog‘lana olmayotganini ma’lum qilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, Urgut tumanidagi maktablarda avvaldan shunday ko‘ngilsiz holatlar uchrab turadi.