Urgutning chekka mahallasidagi maktabga ichimlik suv tarmog‘i tortildi
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimovning joriy yil may oyida Urgut tumanining Mirzobog‘lon-Chep mahallasiga tashrifida “Samarqand suv ta’minoti” MChJga mahalla aholisining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini o‘rganib chiqib, masalaning yechimi yuzasidan takliflar kiritish, hududda joylashgan 74-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga ichimlik suv tarmog‘ini o‘tkazish topshirig‘ini bergan edi.
Ayni kunlarda mahalliy mablag‘lar hisobidan Mirzobog‘lon-Chep mahallasida yashovchi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan yangi artezian qudug‘ini kovlash ishlari 60 foiz bajarildi. Mahalladagi 74-maktab binosida ichimlik suv tarmog‘i tortildi. Hududda yangi transformator va suv minorasi o‘rnatilmoqda. Ushbu ishlar natijasida 765 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
Tarmoq tortish ishlari aholi ko‘magida, hashar yo‘li bilan bajarilmoqda.
“Samarqand suv ta’minoti” MChJ matbuot xizmati.