Urgutda "SES" xodimlari bodi-kamerasiz tekshiruv o‘tkazmaydi
- 11.02.2023 18:10
- 147
- Samarqand
Urgut tumani hokimligi tashabbusi bilan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan hududlarda o‘tkaziladigan sanitariya nazorat tadbirlari jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiya holatlariga barham berish maqsadida, nazorat tadbirlariga chiquvchi guruh rahbarlari 8 dona bodi-kameralar bilan ta’minlandi.
- Mazkur bodi-kameralar 128 Gb. xotiraga ega bo‘lib, xodimlarning xizmat faoliyatini to‘liq videotasvirga olish hamda uni bir vaqtning o‘zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri markazga uzatish imkoniyatiga ega, - deydi tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i D.Hamidov. - Shuningdek, ushbu bodi-kameralarga GPS-navigator tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, xodimning qayerda xizmat olib borayotganligi haqida ma’lumot olish mumkin.
Samarqand viloyatida ilk bor Urgut tumanida ushbu tajribaning joriy etilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Қизнинг бахти — отасининг соясида
- Kecha, 18:59
- Mutolaa
Baxshitepada “Behbudiy bog‘i” yaratildi
- Kecha, 18:06
- Jamiyat