“UzAuto Motors” Xorazm viloyati filialida 200 minginchi avtomobil ishlab chiqarildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 noyabrdagi «2013-2015 yillarda Xorazm viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida»gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 21 fevraldagi «Xorazm viloyatida «Damas» rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq Pitnak shahrida “Damas” rusumli yengil avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil qilish” loyihasi tasdiqlangandi.

Ushbu loyihaga asosan quruvchilar va soha mutaxassislarining tinimsiz va mashaqqatli mehnatlari evaziga qisqa vaqt ichida, ya’ni 2014 yil 6 yanvar kuni Pitnak zavodida ilk “Damas” avtomobili ishlab chiqarilgan edi.

5 yil vaqt o‘tib, “UzAuto Motors” AJ Xorazm viloyati filialida 200 000 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishildi.