"Uzbekistan Airways"ga 1000 dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishni va’da bergan firibgar ushlandi
- 09.09.2020 12:40
- 96
- O‘zbekiston
Styuardessa sifatida ishga joylashtirishni va’da qilib, evaziga 1000 AQSh dollari olgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga 28 yoshli Muhabbat Yu. murojaat qildi. U o‘z arizasida unga 2017 yilning iyun oyida tanishlari orqali aviakompaniyaga styuardessa ishiga joylashtirishni va’da qilgan Andijon viloyatidan 26 yoshli Farhod A.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi.
Xizmati evaziga 1000 AQSh dollari olgan Farhod va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgani aniqlangan.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Teglar:
aviaqatnov
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa