"Vaqf" xayriya jamoat fondi oqsoyliklarni suv bilan ta’minladi (foto)
- 07.08.2019 08:40
- 332
- Samarqand
"Vaqf" xayriya jamoat fondi hamda Hazrati Dovud ziyoratgohi rahbariyati tashabbusi bilan Qurbon hayiti oldidan 40 million so‘mlik xayrli ish tashkil qilindi.
Mazkur mablag‘ evaziga Nurobod tumanining Oqsoy mahallasiga 2 kilometr uzunlikdan ichimlik suvi tortilib, 250 ga yaqin aholi xonadonlariga obi-hayot yetkazib berildi.
– Muborak ayyom oldidan qilingan bu ish Oqsoy xalqini ancha quvontirdi, – deydi "Vaqf" xayriya jamoat fondining Samarqand viloyat filiali rahbari o‘rinbosari Aziz Sultonov. – Oqsoyliklarning ko‘pdan buyon ichimlik suvidan qiynalib kelayotgani haqida xabar topgach, ularni suv bilan ta’minlashni ma’qul ko‘rdik. Bu ishni kelgusida ham viloyatimizning suv yetib borishi qiyin bo‘lgan chekka qishloqlarida davom ettirish rejamiz bor.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa