Viloyat sudlari raislari Past Darg‘om tumanida sayyor qabul o‘tkazdi. 10 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi

Prezidentimizning 2019 yil 13 dekabrdagi “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash choralaridan kelib chiqib, fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi holatlarining oldini olish bo‘yicha bevosita joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati sudlari raislari bugun Past Darg‘om tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan uchrashuv, davra suhbati va sayyor qabullar o‘tkazib, aholi muammolarining yechimini topishda tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Sayyor qabul jarayonida fuqarolardan 51 ta murojaat kelib tushdi. Shulardan, jinoyat ishlari bo‘yicha bildirilgan 11 ta murojaatning 10 tasi ijobiy hal qilindi, 1 kishining arizasi qabul qilinib, huquqiy tushuntirish berildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha 13 murojaatchiga, ma’muriy ishlar bo‘yicha 7 nafar fuqaroga, iqtisodiy ishlar bo‘yicha 2 nafar murojaat mualliflariga huquqiy tushuntirish berildi.

Shuningdek, ma’muriy ishlar bo‘yicha bildirilgan 18 ta murojaatga qabulning o‘zida yechim topildi.

Ahamiyatlisi sudlar tomonidan tashkil etilgan sayyor sudlarda 10 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi (JKning 73-moddasiga asosan). Ma’muriy ishlar yuzasidan 18 nafar shaxslarga nisbatan ishlar (MJtKning 271-moddasi 11-bandiga asosan) tugatildi hamda sanksiya doirasida ko‘rsatilgan jazodan ham ogohlantirilgan holda (MJtKning 21-moddasi qo‘llanib) tugatildi.