Viloyatlardagi DXMlarda ham "prava" almashtirmoqchi bo‘lganlar uchun "So‘nggi mijozgacha" ish rejimi joriy etildi

DXMlarga tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida poytaxtda "prava" almashtirish uchun "SO‘NGGI MIJOZGAChA" ish rejimi joriy etilgan edi.

Endilikda, Samarqand, Jizzax, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Buxoro, Termiz, Qarshi, Guliston, Namangan, Xiva, Navoiy shaharlari hamda Andijon, Shahrisabz, Qorako‘l tumanlari davlat xizmatlari markazlari tomonidan ham eski haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagisiga almashtirish ushbu ish rejimiga asosan amalga oshiriladi.

Bunda, yuqorida qayd etilgan DXMlar orqali haydovchilar dushanbadan-juma kuniga qadar ertalab soat 9:00 dan kechgacha hamda shanba kuni soat 09:00 dan 13:00 ga qadar xizmatdan foydalanishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:

● 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
● 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
● 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentyabrgacha;
● 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.

❗️Eski "prava"ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat DXMlarga, balki bevosita vakolatli idora IIBB YHXB bo‘limlariga ham murojaat qilish mumkin.