Virusli infeksiyalarni davolashda ishlatiladigan dori preparatlari o‘zimizda ishlab chiqariladimi?
- 16.07.2020 20:50
- 243
- COVID-19
Savolga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatova javob berdi:
❗️ Virusli infeksiyalarda davolashda qo‘llanadigan 44 nomdagi preparatlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
💊 Tarkibida atsiklovir, entekavir, oksolin, umifenovir, lamivudin, abakavir, rutan kabi viruslarga qarshi ta’sirga ega moddalar mavjud 215 turdagi infeksiyalarni davolashda qo‘llanadigan dori vositalari mavjud.
💡 Shuningdek, “Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi tomonidan "Kopivir" preparati favipiravir faol moddasi asosida ishlab chiqarish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmoqda.
🔹 Tarkibida favipiravir faol moddasini saqlovchi dori vositasi Yaponiya, Rossiya va boshqa davlatlarda koronavirus infeksiyasini davolashda yuqori samara ko‘rsatib kelayotgani isbotlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa