Vladimir Putin bugun koronavirusga qarshi vaksina oladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun, 23 mart kuni koronavirusga qarshi vaksina olishini ma’lum qildi.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin qaysi vaksina olmoqchi ekanligini aniq aytmadi, ammo bu, albatta, mahalliy vaksinalardan biri bo‘lishini ta’kidladi.

"Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan uchta vaksinadan biri bilan. Ularning hammasi ishonchli va yaxshi", - dedi Peskov «Interfaks»ga Putinning qaysi vaksinani tanlaganiga oydinlik kiritishni so‘raganida.

O‘z navbatida, Rossiya rahbari 6 milliondan ortiq odam allaqachon uchta Rossiya vaksinasidan kamida bitta tarkibiy qismini olganligini ta’kidladi.

"Umuman olganda, Rossiyada allaqachon 6,3 million odam birinchi komponent bilan emlandi. Shulardan 4,3 million fuqaro to‘liq emlandi, ya’ni ular vaksinaning birinchi va ikkinchi komponentlarini olishdi", dedi Putin.

U Rossiya vaksinalari mutlaqo ishonchli va xavfsiz ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Prezident chet el preparatlari bu qadar yuqori himoya darajasiga ega emasligini aytdi. "Bu bizning olimlarimiz va mutaxassislarimizning so‘zsiz yutug‘i. Bu xorijda ham tan olingan", dedi Putin.