Vulqonlar Yerni muzlatadimi?
717 million yil muqaddam Yerda iqlim halokati ro‘y bergan. Sayyoramiz shafqatsiz muz davriga mahkum bo‘lib, bu 57 million yilga cho‘zilgan.
Bugungi kunda olimlar bunga to‘xtovsiz vulqonlar otilishi sabab bo‘lganini taxmin qilishmoqda. Ana sizga jumboq. Muzlash uchun Yer avvalo yaxshigina qizishi kerak ekan.
Xo‘sh, vulqonlar Yerni muzlashiga qanday sabab bo‘lishi mumkin?
Birinchi usul - Quyosh nurlanishini tutib qoluvchi aerozol hosil bo‘ladi.
Ikkinchi usul - Yerni shamollatish. To‘g‘ri, bu jarayon juda sekin kechadi va muzlash o‘z cho‘qqisiga yetguncha millionlab yillar o‘tadi.
Bu masala nega bugun ko‘tarilyapti? Gap shundaki, vulqonlar yana faollashmoqda, odamlar oldinda nimalar kutishi mumkinligini bilib qo‘yishi zarur.
Odammi, Ayiqmi?
Xitoydagi “Xanchjou hayvonot bog‘i”ga tomoshaga keluvchilar g‘alati holatni kuzatishga muvaffaq bo‘lishadi. Ayiq qafasida mag‘rur sayr qilib yuradi. Bunday qaraganda, uning ajablanarli joyi yo‘q. Ammo tomoshabinlarni hayratga solgani bu emas, balki ayiqning xulqi va o‘zini tutishi.
Gap shundaki, o‘rmon xo‘jayini ayiq terisini yopinib olgan odamga juda o‘xshaydi. Odamga o‘xshab yuradi, odamga o‘xshab o‘tiradi, faqat gapira olmaydi.
Tashrif buyuruvchilar hayvonot bog‘i xodimlari ayiq terisiga kirib bizni laqillatyapti, deb o‘ylashadi. Biroq hayvonot bog‘i ma’muriyati bu haqiqiy ayiq ekanligini ta’kidlashadi. Xullas, shundaymi-yo‘qmi, bunga bir narsa deyish qiyin, ammo hayvonot bog‘iga keluvchilar soni keskin oshib ketgani bor gap.
Tog‘aymurod Shomurodov tayyorladi.