Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalariga kimlar raislikka saylandi?
Avvalo, doimiy komisiyalar haqida. Komissiyalar amaldagi tartibga ko‘ra, sessiyalar kun tartibiga doir takliflarni shakllantirishda ishtirok etadi. Ya’ni, xalq deputatlari viloyat Kengashining majlislari, sessiyalar kun tartibiga kiritilayotgan masala taalluqliligi bo‘yicha dastlabki tarzda doimiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Shu nuqtai-nazardan doimiy komissiyalarni mahalliy kengashlarning asosiy ishchi organlari, deyish mumkin.
Xo‘sh, xalq deputatlari viloyat Kengashining oltinchi chaqiriq birinchi sessiyasida nechta doimiy komissiya tuzildi va ularga kimlar rais etib saylandi?
Bu savolga quyida batafsil javob olishingiz mumkin:
1. Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisligiga 13-Kildon saylov okrugidan deputat Feruz Furqatovich Nasrullayev;
2. Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisligiga 5-Sattepo saylov okrugidan deputat Shoxrux Davronovich Djurakulov;
3. Ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisligiga 58-Jozmon saylov okrugidan deputat Mirzo Rustamovich Ixtiyorov;
4. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ishlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisligiga 6-Mehrobod saylov okrugidan deputat Suxrob Abdugafarovich Rafikov;
5. Sanoat, transport, qurilish, kommunal xo‘jalik masalalari va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha doimiy komissiya raisligiga 15-Dehqonobod saylov okrugidan deputat O‘ktam Saidmuradov;
6. Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya bo‘yicha doimiy komissiya raisligiga 14-Mingchinor saylov okrugidan deputat Baxtiyor Nosirovich Abdullayev;
7. Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha komissiya raisligiga 23-Qo‘shrabot saylov okrugidan saylangan deputat Shavkat Urakovich Djanikulov saylandi.