Xalq ta’limi vazirligi abituriyentlar va ularning ota-onalariga eslatma bilan chiqdi

Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID karta olishlari shart, deyiladi XTV telegram kanalida joylashtirgan xabarda.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar ID karta olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda esa abituriyentlar biometrik pasport yoki ID karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.