Xalqaro delegatsiya a’zolari viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashdi

SOS Kinderdorf International xalqaro federatsiyasi Prezidenti Siddxarta Kaul boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. Delegatsiya tarkibida SOS Kinderdorf International xalqaro federatsiyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari bo‘yicha direktori Zdenko Sedlar va O‘zbekiston SOS bolalar mahallalari uyushmasi direktori Gulnoza Abidovalar  ham ishtirok etmoqda. Tashrif dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda federatsiya Prezidenti Siddxarta Kaul tomonidan O‘zbekistonda SOS bolalar mahallalariga amaliy yordam berish borasida olib borilayotgan ishlarni yuksak baholadi. Bolalarni uy-joy bilan ta’minlash borasidagi mahalliy hokimiyatlardagi ishlar tahsinga sazovorligini bildirdi hamda chin yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash ishlari sanoqli davlatlardagina amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

Mehmonlar Samarqand shahridagi tarixiy qadamjolarni ziyorat qildi.