Xitoy AQSh tomonidan aytilgan “jazolash” to‘g‘risidagi tahdidga javob qaytardi

“AQSh ularning dushmani Xitoy emas, virus ekanligini tushunishlari lozim”, deya ta’kidladi XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan.

- Javobgarlik masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, biz ilgari ham bir necha marta ta’kidlagan edik. Insoniyatning umumiy dushmani - bu virus. O‘z navbatida, Xitoy ham jabrlangan tomonda, uning (virusning) “sherigi” emas, - dedi u.

Shuningdek, u sog‘liqni saqlash borasidagi jahon inqirozi qarshisida barcha xalqaro jamiyatlar birlashishi va o‘zaro fikr almashgan holda muammoni hal qilishi zarur ekanini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh Prezidenti Donald Tramp bir necha bora virus Uxan laboratoriyasida kashf qilingani to‘g‘risidagi taxminlarni bayon etgandi. Shuningdek, Tramp agar Xitoy hukumatining virusni ataylab tarqatishni yo‘lga qo‘yganligi aniqlansa, ular uchun buning oqibati yaxshi bo‘lmasligi bilan tahdid qilgandi.