Xitoy O‘zbekistonga ikkinchi marotaba gumanitar yordam yubordi
- 29.04.2020 10:37
- 91
- O‘zbekiston
Bugun, 29 aprel kuni erta tongda Toshkent shahrining xalqaro aeroportiga bortida Xitoy hukumati yuborgan insonparvarlik yuklari bo‘lgan samolyot kelib qo‘ndi.
Ushbu gumanitar yordam ichida 100 mingta koronavirus infeksiyasini aniqlovchi test-tizimi mavjud.
"Zarur tibbiy buyumlar va dori-darmonlar vositalaridan iborat uchinchi gumanitar yordam (50 mingta tibbiyot himoya kiyimlari, 150 mingta KN95 tibbiyot niqoblari, 1 millionta tibbiyot jarrohlik niqoblari, 150 mingta tibbiyot qo‘lqoplari va 1000 dona masofaviy termometr) ham tez orada tayyorlanadi va O‘zbekistonga yetkaziladi", deyilgan elchixona xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand