Xitoy qishloq xo‘jaligi mutasaddilari Samarqandda bo‘ldi
- 13.09.2019 23:00
- 83
- Xorij
Xitoy Xalq Respublikasining qishloq xo‘jaligi va Butun Xitoy xalq vakillari kengashi ishi Qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Li Chunshen boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘ldi.
Mehmonlar tashrif davomida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalar, milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan tanishish bilan birga Samarqand tumanidagi “Agromir” korxonasida bo‘ldi. Delegatsiya a’zolari korxonada meva sharbatlari ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda ular meva sharbatlarini saqlash, qadoqlash bilan bog‘liq amaliyotlardagi tartib-qoidalar, shuningdek, davlat tomonidan qayta ishlash korxonalariga berilgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot olishdi.
Alisher ISROILOV.