Xitoyda COVID-19 ga qarshi burunga purkagich shaklidagi vaksina sinovlari ma’qullandi
- 11.09.2020 08:01
- 193
- Xorij
Xitoyda ishlab chiqilgan, burunga purkagich shaklidagi COVID-19 ga qarshi vaksinaning mamlakatdagi klinik sinovlari ma’qullandi. Bu haqda Sinxua agentligi Gonkong universiteti (HKU) bergan xabarga tayanib ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, vaksina Syamen universiteti va Beijing Wantai Biological Pharmacy farmatsvetika kompaniyasi hamkorligida HKU laboratoriyasida ishlab chiqilgan.
Agentlikning ma’lum qilishicha, bu davlat tomonidan insonlarda klinik sinovlar o‘tkazilishi ma’qullangan burun purkagich shaklidagi birinchi COVID-19 ga qarshi vaksina.
Bir muddat ilgari China National Biotec Group Xitoyda 6 nafar koronavirusga qarshi vaksina klinik sinovlardan o‘tish jarayonida ekanligi haqida ma’lum qilgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa