Xitoyda NATO allaqachon tarixga aylanishi kerakligi aytildi
Sovuq urush mahsuli bo‘lgan NATO allaqachon "tarixning bir qismi"ga aylanishi kerak edi, dedi bugun bo‘lib o‘tgan brifingda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Chjao Litszyan NATOning yanada kengaytirish istiqbollarini sharhlar ekan.
"Men faraziy hodisaga izoh bera olmayman, ammo NATOning sharqqa kengayishi bo‘yicha Xitoy pozitsiyasi juda aniq: NATO – bu allaqachon tarixning bir qismiga aylanishi kerak bo‘lgan sovuq urush asosidir", dedi Finlandiya ittifoqqa qo‘shilgan taqdirda Xitoyning pozitsiyasi haqidagi savolga javob berarkan diplomat.
Shvetsiya va Finlandiya kelgusi "oy yoki haftalar" ichida alyansga kirish bo‘yicha qaror qabul qilishlarini NATO kutmoqda, dedi avvalroq AQShning NATOdagi doimiy vakili Julianna Smit. Uning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Finlandiya va Shvetsiyani alyansga qo‘shilishidan mamnun bo‘ladi va bu ikki davlat NATO uchun hozirdanoq qimmatli sherik hisoblanadi. Shuningdek, har ikki davlat harbiy-texnik sohada salmoqli imkoniyatlarga ega.