Xorij voqealari qisqa xabarlarda: 40 dan ortiq davlat Navalniy o‘limi yuzasidan mustaqil xalqaro tergov o‘tkazishni talab qilgan. Italiya vodiysida 6000 dan ortiq kishi qor ko‘chkilari tufayli tashqi dunyodan ajralib qoldi

🔹 Falastin Prezidenti Mahmud Abbos uch kunlik tashrif bilan Turkiyaga bordi.

🔹 40 dan ortiq davlat Rossiya rasmiylaridan Aleksey Navalniy o‘limi yuzasidan mustaqil xalqaro tergov o‘tkazishni talab qilgan. Bayonotni imzolagan davlatlar orasida Yevropa Ittifoqi davlatlari, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Ukraina bor.

🔹 Rossiya o‘z hududiga quruqlikdan, havodan va dengizdan hujumlarga tayyorlanmoqda. Hujum qilingan taqdirda, mamlakat tez global zarbaga duchor bo‘ladi, keyin havo-quruqlik yoki havo-dengiz operatsiyasi amalga oshiriladi, deyiladi Mudofaa vazirligi ssenariysida. Shuningdek, Ukraina dronlari Rossiyaning Voronej shahriga yaqinlashayotgani, aviatsiya xavfi e’lon qilingani haqida shahar gubernatori Aleksandr Gusev ma’lum qilgan.

🔹 Gaitida vaziyat yomonlashmoqda - qurolli to‘dalar aeroportni egallab olishga harakat qilishgan, Port-o-Prensda hayot falaj bo‘lgan. Ilgariroq jinoiy guruh minglab mahbuslarni qamoqxonalardan ozod qilishgan edi. Keyinroq boshqa davlat muassasalariga, jumladan, Markaziy bank binosiga ham hujum qilingan.

🔹 Italiya: Gressoni vodiysining yuqori qismida 6000 dan ortiq kishi qor ko‘chkilari tufayli tashqi dunyodan ajrab qolgan. Janubiy Tirolda 16 yoshli chang‘ichi halok bo‘lgan.

🔹 Fransiyada konstitutsiya ayollarning ixtiyoriy abort qilish huquqini mustahkamlab qo‘ydi va bunday qarorni qabul qilgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.

🔹 Yevropa Ittifoqi 2025 yildan boshlab Ukraina gazini Rossiya Federatsiyasidan tranzit qilishdan bosh tortadi. "Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan gaz tranziti bo‘yicha kelishuvni uzaytirishdan manfaatdor emas", deyiladi xabarda. YeI Ukraina gazidan va Ukrainaning gaz transport tizimidan, ko‘k yoqilg‘ini saqlash uchun mamlakatning gaz omborlaridan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

🔹 Turkiya va Eronda zilzila yuz berdi. Eronning janubi-sharqiy mintaqasida 5,5 magnitudali, Turkiya shimoli-g‘arbida 4,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan va Istanbulda ham sezilgan. Jiddiy oqibatlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

🔹 Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida birinchilikni Jeff Bezosga boy berdi.

🔹 Dunyoda birinchi bo‘lib tirik donorlardan o‘pka va jigar transplantatsiyasi Yaponiyada amalga oshirildi. Operatsiya Kioto universiteti kasalxonasida amalga oshirildi. Irsiy kasallikka chalingan 10 yoshli bolaga o‘pkasining bir qismini ota-onasi, jigarining bir qismini bobosi bergan.

🔹 Dunyodagi eng keksa ayol ispaniyalik Mariya Morera o‘zining 117 yoshini nishonladi. U 1907 yil 4 martda Amerikaning San-Fransisko shahrida tug‘ilgan. Rekordchi so‘nggi 23 yildan beri qariyalar uyida yashaydi.

G.Xoldorova tayyorladi.