Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Isroil armiyasi rahbari iste’foga chiqadi. Tramp yangi munozaralardan bosh tortdi
🔹 Isroil Mudofaa kuchlari Bosh shtab boshlig‘i Gerzi Halevi hamda mamlakat razvedka xizmati bo‘linmasi rahbari bir vaqtda - dekabrda iste’foga chiqishni rejalashtirmoqda. Bu vaqtga kelib, 2023 yil 7 oktabrda HAMAS jangarilarining hujumiga sabab bo‘lgan harbiy rahbariyat tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar yuzasidan tergov yakunlanadi.
🔹 Germaniya sotsial-demokratik partiyasi amaldagi kanslerni kelasi yilgi milliy saylovlar uchun nomzodlar ro‘yxatidan olib tashlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Buning sababi qilib Щolsning o‘ta past reytingi keltirilgan.
🔹 Xitoyda 1950 yillardan beri ilk bor, 2025 dan boshlab pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirish boshlanadi. Erkaklar uchun u hozirgi 60 yoshdan 63 yoshgacha, ayollar uchun 50 yoshdan 55 yoshga, idoralarda ishlovchi ayollar uchun 55 yoshdan 58 yoshgacha oshiriladi. Pensiya yoshini oshirish jarayoni 15 yil davom etadi.
🔹 Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘zining demokrat raqibi, vitse-prezident Kamala Xarris bilan yangi munozaralar raundini o‘tkazishdan bosh tortdi. "Bokschi jangda yutqazsa, uning og‘zidan chiqadigan birinchi so‘z: "Men yana jang qilishni xohlayman". Kamala Xarrisning keyingi bahs talabi o‘tgan bahsda g‘alaba qozonganimdan dalolat", dedi Tramp.
🔹 Dmitriy Kuleba Ukraina tashqi ishlar vaziri lavozimidan chetlashtirildi, Politico nashrining yozishicha, bu prezident devoni rahbari Andrey Yermak bilan keskin munosabatlari bilan bog‘liq.
🔹 Shimoliy Koreya birinchi marta mamlakat yadroviy dasturiga aloqador uranni boyitish zavodi suratlarini namoyish qildi. Unda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In zavodni ko‘zdan kechirayotgani aks ettirilgan. Uning yadroviy qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishga va’da berishi uranni boyitish dasturi ko‘lamini yashirishni istamasligidan dalolat.
🔹 Rossiyada organizmning immunitet himoyasini chetlab o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lgan koronavirus variantlari soni keskin oshgani aytilmoqda.
🔹 Qozog‘istonning Olma-Ota viloyatidagi Kaskelen shahrida yo‘lovchisiz avtobus ko‘prikdan chiqib ketib, mikroavtobusning ustiga qulab tushdi. Haydovchi og‘ir, jarohatlanganlar bor.
🔹 AQShning Jorjiya shtatidagi Fulton okrugi Oliy sudi Oq uyning sobiq rahbari Donald Trampga nisbatan 2020 yilgi saylovlarga aralashganlikda ayblangan ikkita ayblovni olib tashlashga qaror qildi.
🔹 Rossiyada sentyabrda YouTube tezligi 10 baravarga kamaygan.
🔹 Pokiston bilan chegarada joylashgan Mirjave va Baluchiston viloyatida sodir etilgan qurolli hujumda uch nafar eronlik chegarachi halok bo‘lgan.
🔹 Microsoft o‘zining 650 ta ish o‘rinlarini qisqartirishini e’lon qildi.