Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Rossiyaning Belgorod chegara hududida janglar. AQSh va Eron maxfiy muzokaralar olib borgan. Rossiyada saylov yaqin, Putinga esa raqib yo‘q
🔹 Rossiya OAV Belgorod chegara hududida janglar ketayotganini xabar qilmoqda. Hozirda Belgorod chegara hududida yangi hujumlar sodir bo‘lmoqda.
🔹 Ilon Maskning noqonuniy o‘g‘li topildi. Keniyalik odam o‘zini mashhur tadbirkorning o‘g‘li deb atagan. Qashshoqlikda yashayotgan erkak so‘zlarini isbotlash uchun bir nechta fotosuratlar ilova qilgan va onasi 90-yillarda tadbirkor qolgan Keniya mehmonxonalaridan birida menejer bo‘lib ishlaganini aytgan.
🔹 AQShda FQB o‘quv markazida sodir bo‘lgan portlashda 16 kishi jarohat oldi.
🔹 Rossiya Ukrainadagi mojaro bo‘yicha muzokaralar jarayoniga qo‘shilishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Shveysariya tashqi ishlar vaziri aytgan. Uning ta’kidlashicha, Ukraina bo‘yicha Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan konferensiyadan maqsad Rossiya tomonini unda ishtirok etishga jalb qilish. Avvalroq Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini ma’lum qilgandi.
🔹 2024 yil yanvar oyida AQSh va Eron Ummonda birinchi maxfiy muzokaralarini o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. AQSh muzokaralaridan maqsad Tehronni xusiylar hujumini to‘xtatishga undash bo‘lgan.
🔹 Yaponiyadagi Kioto shahrining bir qismi mahalliy geyshalarni sayyohlar tomonidan ommaviy ravishda ta’qib qilishi sababli yopiladi. Ilgari bunday xatti-harakatlar uchun jarima solingan. Ammo bu sayyohlarga ta’sir qilmagan.
🔹 Latviya Bosh vaziri Evika Silina Rossiya va Boltiqbo‘yi davlatlari o‘rtasida temir parda paydo bo‘lishini ma’lum qildi.
🔹 Polsha prezidenti samolyot bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Duda AQShdan qaytishda foydalanishi kerak bo‘lgan hukumat "Boing"i nosoz bo‘lib chiqdi.
🔹 Daniya hukumati armiyadagi yoshlar sonini ko‘paytirmoqchi va ayollar uchun harbiy xizmatni majburiy qilmoqchiligi aytilmoqda. Hozircha bu ixtiyoriy. Shuningdek, rasmiylar erkak va ayollar uchun muddatli harbiy xizmatni to‘rt oydan o‘n bir oygacha oshirishni rejalashtirmoqda.
🔹 Rossiyada prezidentlik saylovlariga hozirlik avjida. Ikki kundan keyin Rossiyada prezidentlik saylovlari boshlanadi. Vladimir Putin g‘olib deb e’lon qilinishiga hech kimda shubha qolmagan. Nomzodlar orasida uning haqiqiy raqiblari yo‘q.
🔹 Varshava hukumati yaqin yillarda boshpana va bomba boshpana joy qurish uchun 30 million dollarga yaqin mablag‘ ajratmoqchi.
🔹 Afrikada ko‘plab kakaoni qayta ishlash zavodlari yopildi. Kakao o‘simligi narxining oshishi Kot-d’Ivuar va Ganadagi bir qator yirik qayta ishlash zavodlari ishini to‘xtatgan. Bu shokolad ishlab chiqaruvchilar uchun katta muammolar keltirishi aniq.
🔹 Tojikiston Yevropa Ittifoqidan 2021 yildan 2024 yilgacha YeIning ko‘p yillik indikativ dasturining (KID) birinchi bosqichini amalga oshirish jarayonida respublikadagi loyihalar uchun 91 million yevro oldi. YeI KID 2014 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qabul qilingan.