Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Shimoliy Koreya “dunyodagi eng shafqatsiz” maxsus kuchlarini Ukrainaga jo‘natgan
🔹 Shimoliy Koreya Koreya xalq armiyasining “dunyodagi eng shafqatsiz” qismlaridan biri hisoblangan G‘arbiy okrug maxsus kuchlari Ukrainadagi urushga jo‘natilgani taxmin qilinmoqda. Bild sharhlovchisi ularni “jangovar qullar” deb ataydi va to‘liq axborot bo‘shlig‘ida, internet, G‘arb ommaviy axborot vositalari va mobil telefonlardan foydalanmagan holda tarbiyalanganini ta’kidlaydi.
🔹“Oskar” to‘foni oqibatida Kubada 6 kishi halok bo‘ldi
🔹Isroil harbiylari Livan poytaxtidagi shifoxonaga zarba berishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, yana 24 kishi yaralandi — Reuters.
🔹 Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning Ukrainadagi urushga aralashgani uchun javob choralari bilan tahdid qildi. Seul ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni kuchaytirishga javoban KXDR va Rossiyaga qarshi “bosqichma-bosqich choralar” qo‘llashga va’da berdi. Javob choralari Ukrainaga qurol yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.
🔹 Bugun Qozonda BRIKS sammiti boshlandi. Kengaytirilgan yig‘ilishda Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlaridan jami 36 delegatsiya qatnashadi. Kuba, Serbiya va Braziliya prezidentlari Rossiyadagi BRIKS kengashida qatnasha olmasligini ma’lum qilgan.
🔹 AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharqqa 11-safarini boshlab, Isroilga bordi.
🔹 Sud Peru sobiq prezidenti Alexandro Toledoni (2001-2006) Braziliyaning Odebrecht qurilish korporatsiyasi bilan bog‘liq korrupsiya ishi bo‘yicha 20,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
🔹 Meksika hukumati bolalar va o‘smirlar o‘rtasida semirishga qarshi kurashish maqsadida maktablarda zararli taomlar va shakarli ichimliklar sotishni butunlay taqiqlamoqda.
🔹 Rossiya ta’lim vazirligi ikki yil ichida ayrim ta’lim muassasalarida yagona davlat imtihoniga oltinchi ixtiyoriy imtihon sifatida arab tilini joriy etishni rejalashtirmoqda.
🔹 Sudanda ruslar bo‘lgan yuk samolyoti urib tushirildi. mamlakatdagi "Tezkor harakat kuchlari" isyonchilari samolyot urib tushirilishi uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olgan.
🔹 So‘nggi paytlarda Yaponiyada jamoat transportiga hujum qilish holatlari ko‘paygan. Rasmiylar poyezd xodimlari va politsiya yordamga kelguniga qadar yo‘lovchilar o‘zlarini tajovuzkorlardan himoya qilishlari uchun har bir vagonga maxsus metall soyabonlar o‘rnatishga qaror qildi. Qurilma oddiy soyabonga o‘xshaydi, lekin uzunroq. Bu qaroqchini uzoqroq masofada ushlab turish uchun amalga oshiriladi.