Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Trampga Livanda o‘t ochishni to‘xtatish "sovg‘a qilinmaydi". Nigeriyada to‘yib ovqat yemaydiganlar 33 millionga ko‘payishi kutilmoqda
🔹 HAMAS G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishga tayyor. Biroq bir necha oydan beri Isroildan jiddiy taklif olmadi. Bu haqda HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Bassem Naim Sky News telekanaliga intervyu berdi. “Oxirgi vositachilar yordamida erishilgan kelishuv iyulda taqdim etilgan edi. Biz o‘t ochishni to‘xtatishga yaqin edik. Netanyahu boshqa yo‘lni tanladi. Qirg‘inlar boshlandi. Vaholanki, HAMAS ushbu urushni to‘xtatish va jiddiy garov almashish orqali oldinga siljish, zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor", dedi Bassem Naim.
🔹 AQSh Harbiy-havo kuchlari Tinch okeanida Xitoy bilan qarama-qarshilikka tayyorgarlik ko‘rish uchun qurol xarid qilish tizimini modernizatsiya qilmoqda.
🔹 Abxaziya prezidenti ma’muriyati parlamentdan Rossiya bilan investitsiya shartnomasi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qaytarib olishga tayyorlanmoqda. Mamlakatda bir necha kun oldin ushbu lyoihaga qarshi boshlangan namoyishlar hali ham davom etmoqda.
🔹 KXDR rahbari dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
🔹 Nigeriya 2024 yilda suv toshqinlarining jiddiy oqibatlariga duch keldi va 2025 yilda och odamlar soni 220 millionli aholisi bo‘lgan mamlakatda 33 millioniga yetishi mumkin. Nigeriya shimoli-sharqida 15 yildan beri davom etayotgan qurolli to‘qnashuv vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.
🔹 Ayrim G‘arb OAVga ko‘ra, Tramp Ukraina uchun Baydendan ko‘ra yaxshiroq bo‘lishi mumkin, chunki u yaqin kelajakda front chizig‘idagi urushni to‘xtata oladi. Yevropaning ayrim doiralarida va hatto Kiyevda “Tramp urushni tugatishi mumkinligi haqida yashirin yengillik bor” deb yozadi Politico.
🔹 Isroil rasmiysi The Washington Post gazetasining Isroil Tramp yangilanayotgan ma’muriyatiga "sovg‘a" tariqasida Livanda o‘t ochishni to‘xtatishga intilayotgani haqidagi xabarni inkor etdi. “Isroilning Hizbullohga qarshi harbiy harakatlarini barqaror sulhga aylantirib, tinch aholining uylariga qaytishiga imkon beruvchi o‘t ochishni to‘xtatish va diplomatik yechim uchun Bayden ma’muriyati bilan muloqot davom etmoqda”, dedi Isroil rasmiysi.
🔹 Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun "juda qattiq" ishlashga va’da berdi. U o‘z advokatlarini AQSh Adliya vazirligidagi muhim lavozimlarga nomzod qilib ko‘rsatgan.
🔹 Yaponiya malikasi Mikasa 101 yoshida vafot etdi.
🔹 Vladimir Zelenskiy Ukraina bo‘yicha yangi reja taqdim etishini aytdi. “Keyingi hafta taqdim etiladigan reja 10 ta banddan iborat”. Rejaning bandlaridan biri "madaniy suverenitet" bo‘ladi.
🔹 Yangi Zelandiya deputatlar parlament yig‘ilishida raqsga tusha boshladi. Shu tariqa ular tarixiy Vaytangi shartnomasini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi chiqishdi. Maori boshliqlari va Britaniya toji o‘rtasidagi 184 yillik shartnoma Maori huquqlari va ularning davlat bilan munosabatlarining asosidir.
🔹 Dekabrda Rossiya Federatsiyasida "xorijiy Internet" o‘chiriladi. "Roskomnadzor" shunday "mashqlar" o‘tkazadi.
🔹 Tramp Robert Kennedini sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga taklif qildi. Kichik Kennedi 60 yil oldin o‘ldirilgan AQSh prezidenti Jon Kennedining jiyani.
🔹 Fransiyalik ota-onalar bolalarda saraton kasalligi ko‘paygach pestitsidlarni taqiqlashni talab qilmoqda. Pestitsidlar bolalarda saraton kasalligini ko‘paytirayotgani Yevropani tashvishlantirmoqda. Yevropa dunyodagi eng yirik iste’molchi va yetakchi eksportyorlardan biri hisoblanadi. Yaqinda Yevropa Ombudsmani xavfli kimyoviy moddalarga ruxsat bo‘yicha qarorlarga rioya etilmaganini qoralagan.