Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Ukrainadagi mojaro yakuniy bosqichda. Gepatit virusining kelib chiqishi aniqlandi
🔹 Suriya Bashar Asad prezidentlikdan ketganidan keyin hozirgi yangi hukumat va AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kurd kuchlari o‘rtasida fuqarolik urushi boshlanishi mumkin, deb yozadi Washington Post. Kurdlarning mustaqillik e’lon qilishga urinishi Suriyaning yangi rasmiylarining keskin qarshiligiga sabab bo‘lishi aniq. Shuningdek, bu Turkiyani Suriya mojarosiga yanada ko‘proq jalb qilishi mumkin.
🔹 Ukraina mojarosi yakuniy bosqichda, deb xabar beradi New York Times. Hozirda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish ehtimoli har qachongidan yuqori. Ukraina armiyasi yozdan beri askarlarning keskin taqchilligiga duch kelmoqda, bu esa Ukraina Qurolli kuchlari uchun jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Xuddi shunday holat — askarlar taqchilligi Rossiya armiyasida ham qayd etilgan.
🔹 Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar yangi bosqichga ko‘tarildi, HAMAS vakilining ta’kidlashicha, tomonlar “misli ko‘rilmagan yutuqlarga” erishgan. Asosiy kelishmovchiliklar ozod etilishi rejalashtirilgan garovga olinganlar soni, shuningdek, ozod etiladiganlarni tanlash mezonlariga tegishli.
🔹 Janubiy Koreya prezidentiga impichment bo‘yicha birinchi tinglov 27-dekabrda bo‘lib o‘tadi. U konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan fitnada gumon qilinib, tergov qilinmoqda.
🔹 Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem G‘aribobodiyning aytishicha, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahuga qarshi urush jinoyatlarida ayblanib, o‘lim jazosi qonuniy jihatdan mumkin. Bu haqda Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning rasmiy saytida aytgan.
🔹 Virusolog, ekolog va zoologlardan iborat xalqaro guruh gepatit Ye virusining evolyusion kelib chiqishini aniqladi. Tadqiqot natijalarini Proceedings of the National Academy of Sciences jurnali e’lon qildi. Olimlar sutemizuvchilarning genomik ma’lumotlar bazalarida virus genlarini topishdi. Shuningdek, Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrikadagi 108 turdagi hayvonlardan to‘plangan 2,5 mingdan ortiq jigar namunalarini o‘rganishdi. Tadqiqot odamlar bilan bog‘liq bo‘lgan gepatit Ye virusi kemiruvchilarda uzoq evolyusion ildizlarga ega bo‘lgan tuyoqli hayvonlarda paydo bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.