Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Zelenskiy «Ukraina uchun tinchlik» sammiti o‘tkazmoqchi. Gruziyada «qizil» xavfsizlik darajasi

🔹 Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida tezyurar avtomobil yo‘lining bir qismi qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 48 kishiga yetgan.

🔹 Qozog‘iston parlamenti Rossiya neftining Xitoyga tranziti bo‘yicha protokolni ratifikatsiya qildi. Yiliga 10 million tonnalik Rossiya neftini uzoq muddatli tashish kelishuvi 1 yanvar 2034 yildan kuchga kiradi.

🔹 Zelenskiy «Ukraina uchun tinchlik» sammiti o‘tkazilishini e’lon qildi. Sammit Shveysariyaning Byurgenstok shahrida bo‘lib o‘tadi. Zelenskiyning "tinchlik formulasi" jumladan, radiatsion va yadroviy xavfsizlik, adolat qaytishi, ekotsidga qarshi kurash, eskalatsiyaning oldini olish, urush tugashini qayd etish, Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib, harbiy harakatlarni to‘xtatishini o‘z ichiga oladi. Rossiya tomoni sammitda ishtirok etmaydi.

🔹 Jo Bayden o‘z kampaniyasi doirasida San’at institutlarida o‘qiydigan 317 ming kishini 6,1 milliard dollarlik qarzdan xalos etishini e’lon qildi.

🔹 «Ertaga Isroil bilan diplomatik aloqalar genotsid-prezident tufayli uziladi», deydi Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro.

🔹 NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans a’zolariga Ukrainaga besh yil davomida 100 milliard dollarlik harbiy yordam ko‘rsatish taklifini yuborgan.

🔹 Gruziya parlamenti rahbariyati «chet el agentlari» haqidagi qonun loyihasiga qarshi bo‘lganlarning qonun chiqaruvchi organga bostirib kirishga urinishlari sababli xavfsizlikning qizil darajasini e’lon qildi. Mamlakatda ushbu qonun qabul qabul qilinishi katta norozilik namoyishlari bilan kechmoqda.

🔹 Armaniston politsiyasi Tavush viloyatining Kirans qishlog‘ida kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tdi. Mamlakat mudofaa vazirligi Tavush viloyatining Kirans va Ozarbayjonning Gazax viloyati Xeyrimli qishloqlarida minalardan tozalash ishlarini olib bormoqda.

🔹 Samolyot konserni uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishdagi nuqsonlar haqida aytgan Boeing yetkazib beruvchi – Spirit AeroSystems kompaniyasida ishlagan Joshua Din vafot etdi. U 2022 yilda Boeing samolyotlarini ishlab chiqarishda qo‘pol qoidabuzarliklar mavjudligini ma’lum qilgan. Mart oyi boshida esa kompaniya ishlab chiqarish standartlarini bir necha bor tanqid qilgan Boeingning sifat nazorati bo‘yicha sobiq menejeri Jon Barnett o‘lik holda topilgan edi.

🔹 AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Viskonsin shtatida tarafdorlari oldida chiqishida prezident Jo Bayden ma’muriyati noqonuniy muhojirlarni mehmonxonalarda joylashtirish uchun milliardlab dollar sarflayotgani, ammo AQSh harbiylari haqida qayg‘urmasligini aytdi.

🔹 Los-Anjeles politsiyasi Kaliforniya universitetida bir necha soatlik janjallardan so‘ng Falastin va Isroil tarafdorlari bo‘lgan namoyishchilarni ajratishga muvaffaq bo‘lgan. Namoyishchilar qo‘lbola vositalar yordamida nizoga kirishgan. To‘qnashuvlar AQShning boshqa universitetlarida ham ro‘y bergan. Namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llanilgan.