Xorijiy investorlar uchun alohida viza joriy etiladi

buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizalari toifalarini joriy etish ro‘yxati kengaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Kiritilgan qo‘shimchaga muvofiq, ro‘yxatda mavjud bo‘lgan “Vatandosh”, “Student visa”, “Academic visa”, “Medical visa”, “Piligrim visa”lar qatoriga endi “Investment visa” ham qo‘shiladi.

“Investment visa” – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga belgilangan Bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 8 500 baravari miqdorida investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi. Ushbu vizaning amal qilish muddati uch yil.