Xorijiy OAV Kim Chen In komaga tushgani haqida ma’lum qildi
- 25.08.2020 19:15
- 386
- Xorij
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In komaga tushdi, vaqtincha mamlakat rahbarligini uning singlisi Yo Chjon o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Fox News telekanali Janubiy Koreyalik sobiq diplomat Son Min so‘zlariga tayanib xabar berdi.
“Hokimiyatni to‘liq qabul qilib olish tizimi hali shakllanmagan, shu sababli Kim Yo Chjon birinchi o‘ringa o‘tmoqda. Uzoq muddatli bo‘shliq saqlanib turmaydi”, - dedi u.
Son Minning so‘zlari, Janubiy Koreya razvedka xizmati tomonidan ta’kidlangan, Kim Chen In o‘z vakolatlarini bir qismini yordamchilariga topshirganligi to‘g‘risidagi xabardan so‘ng aytildi.
Janubiy Koreya diplomatining so‘zlari biron bir isbot-dalilsiz aytildi, shu sababli xabarning haqiqiy ekanligi savol ostida qolmoqda.
Teglar:
Kim Chen In