Xotin-qizlar qo‘mitasi yordamida ayolning 7 yillik muammosi hal bo‘ldi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ayollarni qiynayotgan turli muammolarga yechim topish maqsadida doimiy ravishda amaliy sa’y-harakatlar olib bormoqda.

Kuni kecha Qo‘mita yordamida fuqaro Toshtilla Abdullayevaning yetti yillik muammosiga yechim topildi, deb xabar qilmoqda qo‘mita matbuot xizmati.

Ayol bundan 7 yil avval firibgarlarning domiga tushib, ham uyidan ayrilgan ham tuxmatga qolib, 7 nafar oila a’zolari bilan ko‘chada qolgan. Bu vaqt oralig‘ida Xotin-qizlar qo‘mitasi yordamida ayolga Yunus-Obod tumanidan vaqtinchalik turar-joy ajratilgan.

Bugun Qo‘mitaning vakillari ishtirokidagi sud majlisida ayolning muammosiga yechim topilib, uning uyi qaytarilishiga muvaffaq bo‘lindi, ayolning o‘zi esa oqlandi. Aybdorlar esa qilmishiga yarasha jazo oladigan bo‘ldi.