Yana uch shifoxona odatiy ish faoliyatiga qaytdi
- 03.12.2020 19:20
- 277
- Salomatlik
SSV matbuot xizmatining xabar berishicha, yana uchta shifoxona - Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar perinatal markazi va Toshkent shahar 3-yuqumli kasalliklar shifoxonasi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki tartibda faoliyatini davom ettirishi belgilab berildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxonalar 2 dekabrdan boshlab koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qilishni to‘xtatdi va kasalxonalardagi davolanish davom ettirilishi talab etiladigan bemorlar tegishliligi bo‘yicha 1- va 2-Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga o‘tkaziladi.
Infeksiyani davolashda qo‘llanilayotgan dori vositalari zaxira sifatida saqlanishi haqida ma’lum qilindi.
Bemorlar chiqarilgandan keyin muassasa o‘rnatilgan tartibda zararsizlantiriladi va epidemiyaga qarshi choralar ko‘rilib, mavjud tibbiy jihozlarni konservatsiya qilinadi, deyiladi xabarda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand