Yangi o‘quv yilidan SamDUda matematik injiniring ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4708-son qarori vazifalari yuzasidan respublika sanoat ishlab chiqarish korxonalarining texnik-texnologik masalalari yechimini matematik usullar va modellashtirish orqali hal etishga qodir bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadida:

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi universitetlarda "Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash boshlanadi:

➖ O‘zbekiston Milliy universiteti;

➖ Samarqand davlat universiteti;

➖ Urganch davlat universiteti.

Mazkur yo‘nalish bitiruvchilariga "muhandis-matematik" va "matematika-mexanika o‘qituvchisi" qo‘sh (dual) kvalifikatsiyalari beriladi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.