Yangi Zelandiya koronavirus ustidan ikkinchi marta ham g‘alaba qozonganini e’lon qildi
Yangi Zelandiya Bosh vaziri Jasinda Ardern mamlakatning eng yirik shahari Oklendda karantin chora tadbirlari yumshatilganini e’lon qildi, shu tariqa mamlakat koronavirusning ikkinchi to‘lqinini ham to‘liq yengdi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
“Chunki Oklend va Yangi Zelandiya aholisi ikki marta ham samara bergan rejaga amal qildilar va yana bir bor virusni yengdilar”, ta’kidladi hukumat rahbari. U avgust oyida joriy etilgan ikkinchi karantinning yakunlangani bilan Oklend aholisini tabrikladi. Ma’lum qilinishicha, endi bu yerda ommaviy tadbirlar o‘tkazilishiga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, Ardern aholini hushyorlikni yo‘qotmaslikka chaqirdi.
Avgust oyida JSST rahbari Tedros Adanom Gebreisus Yangi Zelandiya hukumatining sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab, mamlakatni butun dunyo uchun namuna sifatida ko‘rsatgan edi. Unga qadar, iyul oyida Jasinda Ardern virusning birinchi to‘lqini tarqalishini to‘xtashiga olib kelgan, qat’iyatli va erta ko‘rgan choralari sababli xalqaro maqtovga sazovor bo‘lgan edi.