Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe iste’foga chiqishini ma’lum qildi
- 28.08.2020 14:50
- 122
- Xorij
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe hukmron blokka o‘zining iste’foga chiqish qarorini ma’lum qildi. U o‘z vazifasini o‘rinbosar tayinlanguniga qadar davom ettiradi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar berdi.
Biroz ilgari OAVda siyosatchining salomatligi yomonlashgani haqida xabar berilgan edi.
“Abe bilan uchrashgan vakillarning biri iste’foga e’lon berilishining sababi xastalik tufayli to‘g‘ri qarorlar qabul qila olmaslik”, deb ta’kidlangan “Kiodo” xabarida.
Sindzo Abe oshqozon xastaligi – yo‘g‘on ichak pardasining surunkali yallig‘lanishidan aziyat chekib keladi. Ushbu xastalik 2007 yilda ham uning iste’foga chiqishiga sabab bo‘lgan. Biroq 2012 yilda xastalik chekinganidan so‘ng Abe yana Bosh vazir lavozimiga saylangan edi.
24 avgust kuni Abe Yaponiya Bosh vaziri lavozimini egallaganiga 2799 kun bo‘ldi, ushbu muddat uni Yaponiya hukumatiga eng uzoq vaqt rahbarlik qilgan insonga aylantirdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Xarita: Aholisi tez o‘sib borayotgan mamlakatlar
- 51 daqiqa avval
- O'qing, qiziq!
Ta’lim jarayoni raqamlashmoqda, ta’lim sifati-chi?
- 1 soat avval
- Ta’lim
Bugun Xalqaro televideniye kuni
- 3 soat avval
- Dolzarb